Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? – Toshqulov talabalarning og‘riqli muammosini yo‘qotmoqchi
9.02.2021 20:23,  
529

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga poytaxtga keladigan oliy martabali mehmonlarni kutib olishda amaliy yordam berishni so‘rab yoo‘llagan rasmiy xatining namunasi tarqaldi. Unda mehmonlarga gul tutqazadigan talaba qizlarning ro‘yxati va suratlarini 5 fevralgacha yetkazish so‘ralgan.

Keyinroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov nomidan poytaxtdagi OTM rektorlariga xorijlik mehmonlarni kutib olish va kuzatishda guldasta taqdim etishlari uchun talaba qizlar ro‘yxatini 5 fevralgacha taqdim qilishlarini so‘rab yo‘llagan xati namunasi tarqaldi. Ushbu holat jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Xorijiy va mahalliy mehmonlarni kutib olishda talaba qizlardan foydalanish allaqachon yozilmagan qoidaga aylangan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov o‘rinbosarining OTM rektorlariga yo‘llagan xatiga munosabat bildirib, talabadan fon uchun foydalanish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“O‘rinbosarimiz ham katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘z farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu – majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman”, degan vazir holatga o‘z munosabatini bildirib.

Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festival bo‘lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qishi kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q”, degan vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан