Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega Bosh prokuratura jim?
3.05.2020 11:22,  
2398

Bitta uchoq halokatga uchrab, bitta odam halok bo‘lsa bosh prokuratura o‘sha zahoti jinoiy ish qo‘zg‘atib, surishtiruvni boshlaydi (normal davlatlarda!). Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishi oqibatida 70000 odam turar-joyidan ko‘chirildi, minglab chorva va uy jonivorlari o‘ldi, odamlarning uylari, ishxonalar va boshqa binolar, dalalar, kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘llar suv ostida qolib, iqtisodga o‘ta jiddiy zarar yetkazildi.

Shunday bir paytda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atmay, jinoyatchilarga sherik bo‘lib turibdi. Holbuki, Jinoyat Kodeksining kamida 40-50 ta moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, tajribali prokurorlardan tuzilgan guruhlarni ofat bo‘lgan yerlarga yuborishi, zarar miqdorini chamalab, hujjatlashtirishi, mas’ul xodim va boshliqlar bilan ko‘rishishi, jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashishi, OAVlarga bayonot berishi va h.k. shart edi.

Qozog‘istondagi ikki qishloq ham suv ostida qolganini hisobga olsak, Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot bilan chiqib, ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishi zarur edi. Lekin, TIV ham jim.

Olomon esa o‘z vazifasini bajarmayotgan idoralarni eslab ham qo‘ymayapti (balki, hozirchadir, yana kim biladi deysiz).

Nega hech kim Bosh Prokuratura va TIVni savol o‘qiga tutmayapti?!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан