Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega shifokorlar koronavirusni davolash bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi fikrlarni yozishyapti?
27.07.2020 18:11,  
659

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq dolzarb savollarga javob qaytarildi.

Savol: Nega internet tarmoqlarida tibbiyot xodimlari koronavirus tashxisi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha bir-biriga umuman qarama-qarshi fikrlarni yozishyapti. SSV rahbarligida hamma shifokorlar yagona bir to‘xtamga kelib olib, bir xil tavsiyalar bersa bo‘lmaydimi. Ularga quloq solgan aholining ham boshi qotib qolgan, kimga ishonishini bilishmaydi?

Javob: Bir soha vakillarining har xil fikrda bo‘lishlari tabiiy hol, u o‘z yo‘lida bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, natijada haqiqat qaror topadi.

Kuzatib boryapman ba’zi tibbiyot xodimlari qaysidir toifadagi (kategoriya) bemorlarga nimalarnidir tavsiya etsa, darhol ikkinchi bir shifokor paydo bo‘lib, ushbu tavsiyalarning noto‘g‘ri ekanligini, foyda bermasligini, hatto zarari borligini yozmoqda.

Nazarimda tibbiyot xodimlari bir - birini to‘ldirishni, qo‘shimcha tavsiyalar berishni, lozim bo‘lsa qaysidir shifokor nimanidir bilib-bilmay noto‘g‘ri tavsiya qilgan bo‘lsa, kishi bilmas ushbu vaziyatdan shifokorni va uning tavsiyalariga ishongan fuqaroni olib chiqib ketishni o‘rganishlari kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан