Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega "UzAuto Motors" ni mahalliylashtirib bo‘lmaydi?
5.03.2021 11:07,  
856

Shu kunlarda "UzAuto Motors" korxonasida deputatlar va jurnalistlar uchun press-tur bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun mahalliylashtirish mavzusiga bag‘ishlandi.

Mahalliylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini va xorijiy valyutaga bog‘liqlikni kamaytirish. Shunga qaramay, avtomobil sanoati import xom ashyo va butlovchi detallarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, bu ko‘pincha mahalliylashtirishning imkonsiz ekanligi bilan bog‘liq. 

Masalan, yengil avtomobil uchun kuzovlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilsa-da, po‘lat Rossiyadan keltiriladi (yaqinda u 35-60% qimmatlashdi), chunki avtomobillar uchun po‘lat ishlab chiqarish sanoati bizda mutlaqo yo‘q. 

Shuningdek, valyuta kurslariga bog‘liqlik korxonalar olgan kreditlarga ta’sir ko‘rsatadi, ular bo‘yicha foizlar milliy valyutada 20-24% va AQSh dollarida 7-8% oralig‘ida belgilangan, holbuki boshqa mamlakatlarda bu faqat 2-3%ni tashkil etadi. Faqat mana shu kreditlar foizlarini to‘lashning o‘ziga 75 mlrd. so‘mdan oshiq pul sarflangan.

“O‘zavtokomponents” AJ direktori Shafqatbek Alimov qayd etishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi 170 dan ziyod korxona mavjud. Ushbu korxonalar bazasida 200 dan ziyod texnologiyalar o‘zlashtirilgan va 4 000 dan ziyod detallar mahalliylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан