Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega yuqori havo haroratida ham koronavirusning faolligi oshib bormoqda?
16.07.2020 15:04,  
981

Avval ma’lum qilinganidek, AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollarga javob qaytardi:

Savol: Nega yuqori havo harorati va past namlikda ham COVID-19 faolligi pasaymayapti, aksincha kasallanish holatlari ko‘payib bormoqda? Kasallik boshlanganda yuqori harorat va past namlikda kasallik kamayishi aytilgan edi?

Javob: Statistikaga ko‘ra, COVID -19 tarqalishi mamlakatlarda har qanday iqlim va namlikda yuz berishi mumkin.

Mutaxassislar bu holatni ko‘pincha virus tarqalishiga qulay sharoit bo‘lgan binolarda kuzatilishi bilan izohlashadi.

Yuqori havo harorati, quyosh nurining to‘g‘ri tushishi, quruq havo virusni o‘ldirishi isbotlangan va bu borada muhokamaga o‘rin yo‘q. Ta’kidlash lozimki, COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi o‘ta yashovchan va eng kichik sharoit mavjudligida ham oson tarqaladi.

Shuning uchun infeksiyani faqat aytib o‘tilgan profilaktika qoidalariga rioya qilgan holda yengish mumkin.

Bundan tashqari, inson tanasi temperaturasi atrof-muhitdagi sharoitga bog‘liq emas va normada 36,6°S ni tashkil etadi. Bu ham koronavirusni organizmda ko‘payishini yengillashtiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан