Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega «Avloniy»ni ko‘rib, ta’sirlanmadim?..
20.11.2020 22:03,  
967

Yaqinda «Sevimli» telekanalida Afg‘onistonning yaqin o‘tmishi haqida kino qo‘yishdi. Filmda yigit-qizning muhabbati orqali chorasiz xalqning ahvoli aks etgan. Qizig‘i, unda biror marta qashshoqlik yo qiyinchilik, sevgi haqida so‘z ishlatilmagan. Ammo mazkur kartinada mazlum xalqning dardiyu ikki yosh muhabbatini his qila olasiz. Xo‘sh, nega? Negaki filmda aktyorlar emas, xarakterlarni ko‘rasiz. Tomoshabin beixtiyor o‘sha yigit-qizni o‘z yaqinidek yaxshi ko‘rib qoladi. Shu tariqa odamlar qalbida ikki yosh timsolidagi xalqning davrga, zulm-zo‘ravonlikka nafrat hissi uyg‘onadi.

O‘zbek kinosida shunday jonli xarakterlar bormi?

Bir qancha vaqt oldin «Avloniy» ekranlarga chiqdi. Afsuski, uzoq kutilgan film shaxsan menda yaxshi taassurot uyg‘otolmadi! Chunki Abdulla Avloniy xarakteri ko‘rinmadi! Filmda Avloniyni yaxshi ko‘rib qolishga sabab bo‘ladigan omillar yo‘qdek go‘yo.

Abdulla Avloniyning hayot yo‘liyu jasorati, matonatini shusiz ham hammamiz bilamiz. Shunday ekan, barchaga allaqachon ma’lum narsani shunchaki ko‘rsatish kerakmasdi – Avloniyning shaxsiyati, xarakterini ochish, millat qahramoni aslida qanday inson ekanini odamlar ko‘rsatish zarur edi. Toki tomoshabin kino tugagach, Avloniyni faqat o‘tmishdagi bir shaxs yoinki qahramon sifatida emas, avvalo, o‘z qadrdonidak ko‘ra olsin, unga ergashsin! Afsuski, shu xususiyatlar ko‘rinmadi.

«Ilhaq»da ham shu narsa. Besh o‘g‘il obrazida tomoshabin o‘z akasi, ukasi, o‘g‘lini ko‘ra oladigan xarakterlar yo‘q. Tomoshabin uchun besh o‘g‘il shunchaki urushdan qaytmadi. Agar rejissyor ularning nozik jihatlarini topa olganida, odamlar xuddi birodari urushdan qaytmaganday, onaizor bilan birga ko‘z yosh to‘kkan bo‘lardi. Urush insoniyat qalbida qanchalik katta jarohatlar qoldirganini ko‘rgan, bir necha kun kino ta’siridan chiqolmay, to‘lg‘anardi.

Umuman, o‘zbek kino-seriallari – og‘riqli nuqtamiz. «Xo‘rlangan ayol», «Xo‘rlangan kelin», «Mazlumlar», «Zalolat», «Aldangan qiz», «Aldangan ayol» va hokazolarning nomlarida ham, voqealar rivojida ham butun boshli o‘zbek xalqi ojiz, bechorahol, o‘z qarashlariga ega bo‘lmagan, chuv tushib yurgan deya ko‘rsatilgan. Rejissyorlar bu bilan xalqning badiiy didi, milliy g‘ururini bukishmayaptimikan?..

Adabiyot va san’at shunday qudratli narsaki, makon va zamon tanlamaydi, insonlar ongiga, hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Shundak ekan, san’at hayotimizga yaxshi ma’noda ta’sir o‘tkazsin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан