Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nemis mutaxassislari qaysi hududlardagi koronavirus bemorlarini davolashda qatnashadi?
22.08.2020 16:17,  
429

Bugun koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh germaniyalik mutaxassislar yurtimizga keldi.

Koronavirusga qarshi birgalikda kurashish uchun O‘zbekistonga Germaniyalik mutaxassislar kelyapti

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov nufuzli nemis mutaxassislari ishtirokida o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Unda Germaniyaning Robert Kox instituti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va Dyusseldorf universiteti hamda Frankfurt-Mayn universiteti klinikalaridan kelgan mutaxassislar bilan yurtimizda pandemiyaning ta’sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Foto: SSV

Yevropalik mutaxassislar guruhi shu yilning 28 avgustiga qadar yurtimizda bo‘lib, poytaxt Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан