Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nepal hamda Xitoy Everestnining balandligini qaytadan o‘lchaydi
15.10.2019 15:00,  
77

Nepal hamda Xitoy ikki davlatning chegarasida joylashgan Everest tog‘ini qaytadan o‘lchashga qaror qabul qilishdi.

The Times of Indianing yozishicha, bunday kelishuvga 12-13 oktyabr kunlari Xitoy xalq respublikasi rahbari Si Szinpinning Nepalga tashrifi chog‘i erishilgan.

Ular 2015 yilgi zilziladan keyin tog‘ balandligi bir necha sm.ga balandlagan yoki pasaygan bo‘lishi mumkinligi tufayli qaytadan o‘lchov ishlari olib borishga qaror qabul qilishdi.

Nepal hukumati Everest balandligini o‘lchash rejasini 2017 yilda e’lon qilgan edi. 2019 yilning bahorida toqqa alpinistlar yuborilgan. Ular 2020 yilning oxiriga qadar o‘z ishlarini yakunlashadi.

Everest balandligi ilk marotaba 1847 yilda Endryu Vu boshchiligidagi hind ekspeditsiyasi chog‘ida o‘lchangan. O‘shanda uning balandligi 8840 metr edi.

Hozirda uning rasmiy balandligi 8848 metr. Bu ma’lumot 1950 yilda Hindiston geologiya xizmati tomonidan olingan.

Shu bilan bir qatorda Xitoy uning balandligini 8844 metr deb hisoblamoqda. Nepal esa shu paytga qadar tog‘ balandligini o‘lchab ko‘rmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан