Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Nexia-3” rusumli avtomashinasini olib qochgan shaxs qidirilmoqda
25.02.2021 22:20,  
336

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra: 2021 yilning 22 fevral kuni soat 17:30 larda Sergeli tumani Qo‘yliq dahasida joylashgan avtomashina yuvish shoxobchasining yollanma ishchisi 37 yoshli Qahramonjon E.,ga 29 yoshli Ziyoda R., o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida, kaliti bilan qoldirib ketganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu avtomashina Andijon viloyati YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida shikastlangan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Qahramonjon E.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Qahramonjon E.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Departament ogohlantiradi: Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, o‘zingiz tanimagan shaxslarga  avtomashinangizni ishonib topshirmang.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан