Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nitssa cherkovidagi qotillik, Aviondagi politsiyaga, Jiddagi konsullikka qurolli hujum – bir kunda Fransiyaga uchta hujum uyushtirildi
30.10.2020 10:36,  
519

29 oktyabr tongda Fransiyaning Nitssa shahridagi Notr-Dam cherkoviga tashrif buyuruvganlarga qurolli hujum uyushtirildi. Natijada uch kishi o‘ldirildi, ulardan birining boshi uzib olingan. Meduza nashri Fransiyadagi uch hujum haqida yozmoqda.

Nitssadagi cherkov yonida uch kishi, jumladan bir ayol va cherkov ruhoniysi qurolli hujum qurboniga aylandi. Le Figaro nashrining ta’kidlashicha, qurbonlarning ikkitasi – bir ayol va bir erkak bazilika ichida, yana bir ayol jinoyatchidan yashirinishga uringan qahvaxonada o‘ldirildi. Maqtullardan birining boshi kesilgan.

Hujumdan o‘n daqiqa o‘tgach, tajovuzkor politsiya tomonidan qo‘lga olindi, u jarohatlandi va hozirda kasalxonaga yotqizildi. Nitssa ma’murlari shahardagi barcha cherkovlar va boshqa ibodat joylarini yopib, ularni himoya ostiga olishga buyruq berdi.

Keyinchalik shunga o‘xshash yana ikkita hujum haqida xabarlar tarqaldi. Fransiya janubi-sharqidagi Avion shahrida pichoq ko‘targan erkak politsiyaga hujum qilishga urindi. U otib tashlangan. Uchinchi hujum Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘ldi. Shahardagi Fransiya konsulligi qo‘riqchisiga pichoq bilan hujum qilindi va tajovuzkor hibsga olingan.

Nitssada ma’muriyat sodir bo‘lgan voqeani “terakt” sifatida baholadi. Shahar meri Kristian Estrozi jinoyatni “islom fashizmi”, deya xarakterladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqbuzar “Allohu Akbar” deb baqirgan, hatto hibsga olingandan keyin ham. Fransiya prokuraturasining aksilterror bo‘limi ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni boshladi. IIV boshchiligida inqirozga qarshi shtab tuzdi. Uchrashuvda Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron ishtirok etdi. U 29 oktyabr kuni Nitssa shahriga kelishi kutilgan edi.

Fransiya Musulmonlar Kengashi Nitssadagi hujumni qoraladi. Mamlakat islomiy hamjamiyati manfaatlarini hukumat oldida himoya qiluvchi ushbu kengash bayonotida "terroristik harakatni qat’iy qoralaymiz" deyilgan. Qurbonlarning yaqinlari bilan hamjihatlikda kengash Fransiyadagi barcha musulmonlarni 2020 yil 29 oktyabrda nishonlanadigan Muhammad (s.a.v.) Alayhissalomning tug‘ilgan kuni - Mavludni ommaviy nishonlashdan voz kechishga chaqirdi. Hujum katolik cherkovi va Yevropa parlamenti tomonidan ham qoralandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Makronga telegramma yo‘llab, Fransiyadagi xurujlar tufayli chuqur hamdardlik bildirdi.

29 oktabr kuni Rossiyadagi musulmonlar Fransiyaning Moskvadagi elchixonasida norozilik namoyishi o‘tkazdilar. Unda bir necha o‘nlab kishi qatnashgan, deb xabar beradi RIA Novosti. Ular o‘zlari bilan Sharli Ebdo fransuz nashrida Muhammadning karikaturalarini nashr etgan sarlavhali varaqalarni olib kelishdi. Aksiya ishtirokchilaridan biri "Rice" nashriga Nitssadagi qotillik haqida gapirib berdi: "Inson o‘z g‘azabiga dosh bermasligi mumkin. Bularning barchasi juda haqoratli. Yuzingizga aytilgan haqoratdan ko‘proq narsa. Va hozirda kimdir bunga dosh bermadi - va endi bu terakt".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан