Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nitssadagi teraktni uyushtirgan yigitning kimligi va qayerdan kelgani ma’lum bo‘ldi
31.10.2020 14:21,  
458

Fransiya va Italiya matbuoti Nitssadagi cherkovga hujum qilgan yigitning bir oycha avval Tunisdan kelgani haqida yozmoqda.

Yigit 20 sentyabr kuni u Lampeduza oroliga yetib kelgan, 9 oktyabrda esa Italiyaning Bari shahridagi muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markaziga jo‘natilgan. Hujum bo‘lgan kuni u Italiyadan Fransiyaga Qizil Xoch tomonidan berilgan hujjatlar bilan poyezdda kelgan.

Fransiya prokuraturasining aksilterror bo‘limi rahbari Jan-Fransua Rikardning so‘zlariga ko‘ra, videokameralar tunislikning Nitssa temir yo‘l stansiyasida qanday qilib kiyim almashtirganini yozib olgan. Shundan so‘ng u sobor tomon piyoda ketgan.

Hibsga olish paytida bosqinchining yonidan 17 santimetrli pichoq, ikkita telefon va Qur’on Karim kitobi topilgan. U o‘qotar quroldan jarohat olgan va kasalxonaga qo‘riq ostida yuborilgan.

Hozirda Tunis hukumati Nitssadagi teraktga ilgari noma’lum guruhning aloqalarini tekshirmoqda. RIA Novosti agentligining birinchi instansiya sudi matbuot xizmati rahbari Muhsin ad-Daliga tayanib yozishicha, "Prokuratura Nitssadagi terroristik operatsiya uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan "Tunis janubidagi Al-Mahdi "nomli tashkilot borligi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha tekshiruv boshlashga qaror qildi".

Ad-Dalining so‘zlariga ko‘ra, tergov ijtimoiy tarmoqlarda Fransiyaning Nitssadagi teraktni ko‘rsatilgan guruh tomonidan uyushtirilganligi haqida e’lon qilinganidan keyin boshlangan.

Notr-Dam cherkoviga hujum qilgan yigitning ismi Ibrohim al-Auisaui. Nitssa shahar hokimi yigit qo‘lga olingan paytda va undan oldin bir necha marta “Allohu Akbar” deb baqirgani haqida Tvitterda yozgan edi.

 

Fransiyadagi cherkov yonida noma’lum shaxs odamlarga hujum qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан