Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderlandiya: koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani tufayli mamlakatda lokdaun joriy etiladi
13.11.2021 14:30,  
33

Niderlandiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi Mark Ryuttening ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani tufayli hukumat yangi lokdaun joriy qilishga qaror qilgan, deb xabar beradi “De Telegraaf”.

Ryuttening so‘zlariga qaraganda, kasallanish miqdorining oshishi tufayli hozirda sog‘liqni saqlash tizimiga bosim haddan ortiq darajada kuchli.

“Virus qarshilik va zarbaga uchrashi lozim”, dedi bosh vazir.  

Shuningdek, u lokdaun uch haftaga – 13 noyabrdan 4 dekabrgacha joriy qilinishini aytdi. 3 dekabrda hukumat vaziyatni muhokama qilib, tegishli qarorga keladi.  

Niderlandiyada ijtimoiy masofani saqlash talabi kuchaytiriladi, ishlar masofadan tashkil qilinadi, sport musobaqalari tomoshabinlarsiz bo‘ladi. Ovqatlanish muassasalari faoliyatiga cheklov qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан