Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderlandiya “Novavax” vaksinalarini boshqa mamlakatlarga beradi
17.04.2022 14:10,  
30

Niderlandiya AQShdan 15 million yevroga jami 840 ming doza “Novavax” vaksinasi olgan edi.

Ushbu preparatlar muddati 31 avgustda tugaydi. Shu bois mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqorida keltirilgan miqdorning yarmini boshqa davlatlarga tarqatish bo‘yicha qaror qilgan.

Mahalliy OAV xabar berishicha, bu preparatga talab yo‘qligi xalq orasida alohida mavzuga aylangan.

“Trouw” yangiliklar agentligi hozirgacha Niderlandiyada “Novavax” vaksinasi bilan atigi 655 kishi emlangani, 329 fuqaro navbatda turgani to‘g‘risida axborot bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur vaksinaga talabni oshirish maqsadida turli tashviqot ham olib borilgan. Masalan, 2022 yil 11 martdan kuchga kirgan tartibga muvofiq, Niderlandiya aholisi “Novavax” bilan emlanish uchun telefon orqali ro‘yxatdan o‘tishi ham mumkin.

Vaksina ikki martalik: 840 ming 420 ming kishiga mo‘ljallangan. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aynan 420 000 dozani chet mamlakatlarga yetkazib berishga qaror qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан