Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderlandiyada ilk bora takror koronavirusdan zararlangan bemor vafot etdi
13.10.2020 16:33,  
191

Niderlandiyada ikkinchi marta koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemor ayni kasallikdan halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy BNO News nashriga tayanib gazeta.ru xabar bermoqda.

Gap avvalroq saraton bilan kasallangan 89 yoshli ayol haqida ketmoqda.

Shu yilning iyul oyida bir ayol COVID-19 shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Besh kundan keyin alomatlar yo‘qoldi va ayol kasalxonadan chiqarildi.

Ikki oy o‘tgach, ayol yana tibbiy muassasaga yetkazildi. U yuqori isitma va yo‘tal bilan og‘rigan. COVID-19 testi yana ijobiy natija berdi.

Ayol 2 haftadan so‘ng vafot etdi. Virusning genetik ketma-ketligi reinfeksiya versiyasini tasdiqladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada 181 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 6,5 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Bugungi kunga kelib dunyoda koronavirusni takror yuqtirishning 23 ta holati qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан