Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nihoyat Abdulloh topildi. U shuncha kun qayerda edi?
9.11.2019 00:48,  
7795

Avvalroq, Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdulloh Tohirovni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani haqida xabar bergan edik.

Abdullohning bedarak yo‘qolgani haqida birinchi bo‘lib yozgan inson huquqlari faoli, "Ezgulik" inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanovning biroz oldin yozishicha, ayni paytda bu yigit topilgan.

"Ijtimoiy tarmoqlarning so‘nggi kunlardagi qahramoni Abdulloh Tohirov nihoyat topildi. Ayni soatlarda uyi sari otlangan Abdulloh Qamchiq dovonidan o‘tmoqda. Tafsilotlar ma’lum emas", - deb yozgan Abdurahmon Tashanov.

Lekin hozircha Abdulloh Tohirov shuncha kun qayerda, nima sababdan ushlab turilgani ma’lum qilinmadi.

Tahririyatimiz tegishli idoralardan bir haftadan beri uning qayerda ekanligi haqida xabar bermagan shaxslar harakatiga huquqiy baho berib, munosabat bildirishini kutib qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан