Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nihoyat O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralarni demarkatsiya qilish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2.07.2018 13:11,  
16

2018 yil 25 iyunidan 1 iyuliga qadar Turkmanistonda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruhlari uchrashuvlari yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

2017 yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining muzokaralari qayta boshlandi va hozirgi vaqtga qadar joylarda chegara o‘tish chizig‘ini aniqlash maqsadida 9 ta uchrashuv o‘tkazilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан