Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






TikTok'ning ma’lum qismini AQSh kompaniyalari sotib olyapti. Tramp bunga rozi bo‘ldi
21.09.2020 12:57,  
91

Avvalroq, Donald Tramp farmoniga ko‘ra AQSh hududida TikTok va WeChat messenjeri bloklanayotgani haqida xabar bergan edik. Lekin bunday bo‘lmadi – TikTok'ka egalik qiluvchi ByteDance internet-kompaniyasi mazkur servisni saqlab qolishning ilojini qildi.

AQSh hukumati 20 sentyabrdan TikTok va WeChat'ni yuklab olishni taqiqlaydi

Prezident Trampning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, u TikTok servisining AQShdagi biznesini Oracle hamda Walmart kompaniyalari sotib olishiga rozilik bergan.

Oracle va Walmart e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, bu ikki kompaniya yangi tashkil etilayotgan TikTok Global kompaniyasining 20 foiz aksiyasiga egalik qilishadi. TikTok Global esa mazkur ommabop videoservisning AQSh hududida hamda xalqaro bozordagi «aksariyat foydalanuvchilar uchun» ishlashiga mas’ul bo‘ladi.

TikTok egasi ijtimoiy tarmoqni Microsoft’ga sotishdan bosh tortdi

Tramp TikTok'ni Amerika biznesiga sotish uchun to‘rt kun muhlat berdi

AQShdagi muammolariga qaramay, TikTok eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘lib qolmoqda

Aytish kerakki, Oracle bunda TikTok'ning «xavfsiz bulutli provayderi» vazifasini bajaradi. Uning serverlariga 100 millionlab AQShlik TikTok foydalanuvchilarining ma’lumotlari joylanadi. Walmart kompaniyasi qo‘liga esa TikTok'dagi elektron savdo texnologiyalari hamda reklamalar o‘tadi.

Oracle bayonotida ta’kidlanishicha, TikTok Global kompaniyasi AQShda 25 mingdan oshiq ish o‘rinlari yaratadi va AQSh g‘aznachiligiga 5 milliard dollardan oshiq to‘lov qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан