Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nima uchun qandli diabeti bor bemorlarda koronavirus og‘ir kechmoqda?
5.10.2020 13:56,  
333

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasi haqida aholi savollariga javob qaytardi.

— Qandli diabeti bor insonlarda koronovirus infeksiyasining og‘ir kechishi sababi nimada?

— Qandli diabet– endokrin kasalliklarga mansub bo‘lib, insulin gormonining to‘liq yoki qisman yetishmovchiligi natijasida  giperglikemiya – qondagi glyukoza miqdorining davomli ortib borishi bilan kechuvchi, organizmdagi moddalar almashinuv jarayonlari (uglevod, yog‘, oqsil, mineral va suv-tuz almashinuvi)ning buzilishi va qaytmas organik patologiyalar keltirib chiqaruvchi surunkali kasallik sifatida tavsiflanadi. 

Qandli diabet kasalligi oxirgi yillarda dunyo bo‘yicha keng tarqalmoqda. Hozirgi paytda dunyo aholisining 1- 8 foizi ushbu kasallik bilan og‘rigan. 

Tekshiruvlar natijasida har 10 yilda umumiy qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar soni ikki baravar ko‘paymoqda. 

Qandli diabet bo‘lgan insonlar turli infeksiyalarga moyil bo‘ladi. Sababi shakar mikroblar uchun ozuqa moddasi hisoblanadi. Agar qandli diabeti bor bemor qonida glyukoza ko‘p bo‘lsa, koronavirus ushbu bemorlarda og‘ir kechadi. Chunki kasallikda kuzatiladigan «sitokinlar hujumi» uchun shakar quvvat manbai hisoblanadi. Ayniqsa tana vazni ortiqcha bo‘lgan qandli diabeti bor insonlarda koronavirus og‘ir kechadi. 

Bu bemorlar o‘zlarida koronovirus kasalligiga xos  biron klinik belgilarni sezsalar, darhol hududiy shifokorlarga murojaat etishlari shart. Bunday bemorlar uy sharoitida o‘zini davolashi ta’qiqlanadi. 

Chunki ularda tezda pnevmoniya rivojlanishi va uning og‘ir kechishi kuzatilishi mumkin.  Bu bemorlar koronavirus bilan birga diabetni ham davolashda davom etishlari lozim.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar hududiy poliklinikalarida dispanser nazoratda bo‘lishlari, o‘zlarida o‘zgarish sezsalar darhol shifokorga murojaat etishlari, ommaviy joylarga zarurat bo‘lmasa bormasliklari, imkoni bo‘lsa uydan masofaviy ishlashlari va shifokor tavsiya etgan davo muolajalarni vaqtida muntazam olib turishlari zarur.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан