Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nima uchun yuzlab yangi Lada avtomobillari 5 yildan beri cho‘lda turibdi?
26.02.2020 17:22,  
18686

2015 yilda Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi neytral zonada Rossiyada ishlab chiqarilgan 150 ga yaqin mashinalar tuzoqqa tushgan edi. 

Ushbu 100 dan ortiq mashinalar cho‘lda 5 yildan beri turibdi.

Ofatga uchragan mashinalarning turargohi tarixi

2015 yil bahorida Turkmaniston rasmiylari havo yostig‘i (Airbag) bilan jihozlanmagan mashinalarni olib kirishni kutilmaganda taqiqlab qo‘yishdi. Boz ustiga, ba’zi tadbirkorlar bu muammo haqida Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng bilib qoldilar.

Natijada, ular qiyin vaziyatga tushib qolishdi va yangi qonun tufayli ularga Turkmanistonga kirish huquqi berilmadi. Turkmaniston bojxonasining muhri bo‘lmagani uchun ular Qozog‘istonga ham qaytib o‘ta olmadilar. 150 dan ortiq jumladan, Ladaning 7-modeli, Niva va Samara avtomobillari cho‘lda tuzoqqa tushib qolib ketdi.

Ushbu mashinalarni buyurtma qilgan odamlar esa bir necha hafta davomida chegarada turib ilojsizlikdan cho‘lning o‘rtasida mashinalarni qoldirib ketishga majbur bo‘lishdi.

Bu vaqt oralig‘ida "tashabbuskor" turkman aholisi tomonidan mashinalar qisman demontaj qilindi. Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston tashvishga tushib, mashina egalariga Rossiyada ularni sotish uchun tranzit hujjatlarini berishga qaror qildi.

Ammo avtomobillar qisman demontaj qilinganligi sababli, bu g‘oyani amalga oshirish qiyin bo‘ldi. Shu sababli, asta-sekin axlatxonaga aylanadigan nochor turargoh joyi bo‘lib qolmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан