Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niqoblar koronavirusning tarqalishini 40% sekinlashtiradi - tadqiqot
15.06.2020 13:42,  
103

Germaniyaning Bonn shahridagi Mehnat iqtisodiyoti institutining nemis tadqiqotchilari niqob taqish samaradorligini tasdiqladilar: ular koronavirus tarqalishini 40 foizga sekinlashtirishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Olimlar 6 aprel kuni Germaniyada birinchilardan bo‘lib jamoat transportida va do‘konlarda niqob kiyishning majburiy tartibini joriy qilgan Turingiya federal yeridagi Iyena shahridagi epidemiologik vaziyatni o‘rganishdi.

Tadqiqotchilar Iyena va Germaniyaning boshqa shaharlarida infeksiyaning tarqalish tezligini, demografiya, sog‘liqni saqlash darajasi va niqob rejimi joriy etilishidan oldin Covid-19 holatini solishtirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 20 kun ichida Iyenada yangi holatlar soni nazorat guruhiga qaraganda 25 foizga, 60 yoshdan oshgan odamlar orasida esa 50 foizga kamaydi. Bundan tashqari, taqqoslash uchun olingan shahar qanchalik katta bo‘lsa, farq shunchalik katta edi. Qishloq aholi punktlaridan tashqari, faqat shaharlarda yangi holatlarning kamayishi 40% ni tashkil etdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, niqoblar nafaqat samarali, balki koronavirusning tarqalishini oldini olishning eng arzon usuli hamdir. Shu bilan birga, ular ushbu ma’lumotlar yetarli emasligini qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi va boshqa mamlakatlar tajribasi o‘rganilishini ta’kidladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан