Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro o‘lik holda qaytarilgani aytilayotgan xabarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi
2.08.2021 17:38,  
1130
Tarmoqlarda Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro o‘lik holda qaytarilgani aytilayotgan xabar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 25 iyul kuni Nishon tumanida fuqarolar IIB HPB profilaktika inspektorlarini chaqirgan. Ushbu chaqiriqqa asosan fuqaro Nursoat Muxammadiyev mast holatda olib ketilgan va viloyat narkologiya dispanseriga yotqizilgan. Fuqaro ertasi kuni vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, N.Muxammadiyevni viloyat dispanserida vafot etganligi hodisasi bo‘yicha viloyat Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан