Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nizomiy universitetidagi "zamdekan voqeasi" qurboni: "Meni kimdir tushunadimi?"
21.12.2021 15:45,  
1140

Bugun “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida "Ayollar forumi" bo‘lib o‘tdi. Forumda Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetida sodir bo‘lgan “zamdekan mashmashasi”ning asosiy ishtirokchisi Mushtariy Kamilova nutq so‘zladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Mushtariy Kamilova o‘z chiqishida mazkur voqeaga keng to‘xtalib, o‘z orzulariga yetishishida bu voqea to‘g‘anoq bo‘lganini aytdi. U nutqi davomida ayblovni to‘liq ikkinchi tomon ya’ni Pedagogika universiteti dekan o‘rinbosariga yukladi.

“Do‘stlarim, sevimli ishim, o‘qishim va kelajak uchun katta rejalarim bor edi. Lekin 2021 yilning 18 oktyabr kuni sanoqli soniyalarda hammasini yo‘qotdim.

Mening orzularim va hayotimni o‘g‘irlagan inson ismi — Yuldashbek Bog‘abayev. Mening universitetimda dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan, mening nomusimga tegishga harakat qilib, so‘ng derazadan uloqtirdi.

O‘sha paytda biron suyagim omon qolmagan deb o‘yladim, og‘riq shu qadar kuchli edi. Ba’zan, hozir uyg‘onaman-u, barchasi oddiy tush bo‘lib chiqadiganday tuyuladi”, – deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан