Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Nizomiy"da bu yil 250 ga yaqin talaba bitiruv imtihonlaridan o‘tolmadi
29.06.2021 16:13,  
192

Joriy o‘quv yilida ilk bor mazkur universitetda imtihonlar YouTube orqali barchaga taqdim etgan holda o‘tkazildi.

Bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori universitetda joriy yilgi bitiruv imtihonlari shaffof o‘tkazilganligini aytdi.

TDPU rektori Alisher Umarovning ta’kidlashicha, universitetda joriy o‘quv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari va diplom himoya ishlari ochiqdan-ochiq YouTube orqali barchaga taqdim etgan holda o‘tkazildi.

"Raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani qisqartiramiz. Korrupsiyani qisqartirishga misol: biz joriy o‘quv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari, diplom himoya ishlarini ochiqdan-ochiq YouTube orqali barchaga taqdim etib, o‘tkazdik", - deydi TDPU rektori.

Qayd etilishicha, bu yil universitetda o‘tkazilgan bitiruv imtihonlaridan o‘tolmagan talabalar soni keskin oshgan.

"Shunda bir holat namoyon bo‘ldiki, oldingi o‘quv yillarida bitiruv imtihonlaridan yiqilganlar juda ham oz bo‘lardi: 7 ta yoki 10 ta. Bu yil esa 241 ta talaba imtihondan o‘tolmadi. Bunga sabab biz ularning bilim sifati, malaka va mutaxassisligiga javob beramiz", - deya qo‘shimcha qildi Alisher Umarov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан