Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham jamiyatning teng huquqli a’zosi — F.Muhammedjanova
19.10.2021 19:34,  
27

Ishonchli vakil karlar jamiyatida uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlarida nafaqat siyosiy partiyalar, balki xalqimizning ham kayfiyatidagi faollikka guvoh bo‘lyapmiz. Chunki bugungi saylovchi mamlakat  taqdiriga, kelajagiga befarq emas. Shundan bo‘lsa kerak, partiyamizdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod hamda uning ishonchli vakillari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan  saylovoldi  uchrashuvlari juda qizg‘in, savol-javob, bahs va munozaralarga boy  tarzda o‘tyapti.

/media/in_content_images/01_6jqdlFJ.jpg_image

Ana shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston Karlar jamiyati Toshkent viloyati bo‘limida bo‘lib o‘tdi.

/media/in_content_images/02_XuCrjYG.jpg_image

Uchrashuvda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi, Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlari xodimlari, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari, OAV vakillari, nutqida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

/media/in_content_images/03_AG5CSSb.jpg_image

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Feruza MUHAMEDJANOVA yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. Shuningdek, nomzod dasturida belgilangan beshta ustuvor yo‘nalish, ya’ni tarbiya va ta’lim, ijtimoiy qadriyatlarga hurmat va fuqarolar erkinliklarini ta’minlash sohalariga qaratilgan  vazifalar xususida  atroflicha ma’lumot berdi, saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

/media/in_content_images/04_GbtKclZ.jpg_image

– “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur  uchrashuv biz uchun ayni muddao bo‘ldi, – dedi Karlar jamiyati Toshkent viloyati va Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i  Lyubov Nikolayevna. – Partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishdik. Shuning barobarida jamiyatimiz a’zolarini qiynab kelayotgan bir qator muammolarimizni ham o‘rtaga tashladik. Shoyad, partiyaning, qolaversa, deputatlarimizning sa’y-harakati bilan mushkulimiz oson bo‘lsa. Boshqa partiyalar ham bu tashabbusga qo‘shilib, imkoniyati cheklangan biz kabi fuqarolar muammolarini mutasaddi tashkilotlar e’tiboriga havola qilishga ko‘maklashishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

/media/in_content_images/05_Zg8gYbx.jpg_image

F.MUHAMEDJANOVA so‘zining yakunida nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham jamiyatning teng huquqli a’zosi ekanliklarini, partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida belgilangan barcha  vazifalar ularning manfaatlari uchun ham birdek daxldor ekanligini ta’kidlab, barchani saylovda faol ishtirok etishga, eng munosib nomzod uchun ovoz berishga chaqirdi.

/media/in_content_images/06_HEyQRMx.jpg_image

Feruza JALILOVA,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bo‘lim boshlig‘i

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан