Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Noma’lum shaxslar Qirg‘izistondagi yirik oltin koniga bostirib kirishdi
6.10.2020 12:58,  
1770

"Alyans Altin" MChJ Qirg‘izistondagi Jeruy konida faoliyatini to‘xtatdi. Ma’lumotni kompaniya matbuot xizmati tasdiqladi, deb xabar beradi 24.kg.

Ushbu qaror taqiqlangan ob’yekt - Jeruy ishlab chiqarish maydonining hududiga noma’lum shaxslarning ruxsatsiz kirishi munosabati bilan qabul qilingan.

"Alyans Altin" MChJ vaziyat barqarorlashgunga qadar kondagi barcha ishlarni to‘xtatishga majbur", - deyiladi kompaniya xabarida.

Ayni paytda, ijtimoiy tarmoqlarda shaxtadagi talon-taroj haqida video tarqalmoqda.

 

 

Economist.kg ma’lumotlariga ko‘ra, tez orada konda oltinni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi kerak edi. Sentyabr oyining oxirida zavodning 97 foizi ishga tayyor edi.

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy banki tijoriy banklar va moliya-kredit tashkilotlariga 6 oktyabrdan faoliyat yuritmaslikni va xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya etgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан