Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nomaqbul o‘g‘il o‘z xonadonidan tilla va pullarni o‘mardi
22.03.2021 14:30,  
159

1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan viloyati IIVga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs xonadonida bo‘lgan temir seyf ichidagi 200 AQSh dollari, 2.058.000 so‘m pullari va umumiy narxi 1.300.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuk hamda bir juft tilla baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari  tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan o‘g‘li sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан