Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Norozilik namoyishlari sabab Bosh vazir iste’foga chiqmoqchi
1.12.2019 13:55,  
2522

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy Iroqda ikki oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar sabab iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.

«Men parlamentga yangi nomzodlar ko‘rib chiqishini so‘rab, Bosh vazir lavozimidan ketishim haqida rasmiy iltimosnomani taqdim etaman», deb aytgan Abdulmahdiy.

Bosh vazir bu bayonotni iroqlik shialar o‘rtasida eng nufuzli diniy shaxs hisoblangan oyatulloh Ali as-Sistaniyning juma namozdagi ma’vizasidan keyin bergan. As-Sistaniy parlamentni Iroq hukumati borasida o‘z tanlovini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Namoyishlarning sababi nimada?

Bir yil muqaddam Iroq bosh vaziri bo‘lgan shialar harakati faxriysi Abdul Mahdi islohotlar o‘tkazishni va’da qilgandi, ammo amalda bu va’dalar bajarilmadi.

1 oktyabr kuni Bag‘dod ko‘chalariga ishsizlik va korrupsiyani yo‘qotishni talab qilgan minglab yoshlar chiqishdi.

Xavfsizlik xizmati kuchlari namoyishchilarga qarshi qurol ishlatdi, o‘nlab namoyishchilar halok bo‘ldi, shundan so‘ng norozilik aksiyalari mamlakatning qolgan qismlariga ham yoyildi.

Namoyishlarning birinchi to‘lqini 6 kun davom etdi va jami 149 kishi halok bo‘ldi. Bosh vazir Abdul Mahdi o‘z hukumatida o‘zgarishlar o‘tkazishni, yuqori maosh oluvchi amaldorlarning oyliklarini qisqartirishni va yoshlar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirishni va’da qildi.

Ammo oktyabr oyi oxirida namoyishchilar o‘z talablari bajarilmasligiga amin bo‘lgach yana ko‘chalarga qaytib chiqishdi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar va vodomyotlar qo‘lladi. Namoyishlar noyabr oyida ham tinmadi.

Avvalroq, Iroq prezidenti Barham Solih agar siyosiy partiyalar munosib nomzod bo‘yicha kelishuvga erisha olishsa, Abdul Mahdi iste’foga chiqishini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан