Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Norvegiyada koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki kishi vafot etdi.
6.01.2021 14:12,  
135

Norvegiyada Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning Germaniyadagi sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan ikki kishi vafot etdi, deb yozadi “RBK”.

Norvegiya dori vositalari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala qurbon ham qariyalar uylaridan birida yashagan. “5-yanvar, seshanba kuni biz vaksinasiyadan keyin bir necha kun o‘tib yuz bergan o‘limlar haqida ikkita xabar oldik”, — deyiladi xabarda.
Muassasada ma’lum qilishlaricha, mutaxassislar o‘limga vaksina sabab bo‘lganligi yoki ularning emlashdan keyin vafot etishi tasodif ekanligi yuzasidan tekshiruv olib borishi kerak.
Agentlik qayd etishicha, ayni paytda Norvegiyada jiddiy kasalliklari bo‘lgan eng zaif va kasallikka chalinuvchan odamlar emlanmoqda.
Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalangan holda emlash Norvegiyada 27-dekabr kuni boshlangan edi. Mamlakatda eng birinchi bo‘lib Oslodagi qariyalar uyida yashovchilar emlangan edi. Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, Norvegiyadagi qariyalar uylarida haftasiga qariyb 400 kishi vafot etmoqda. Bu raqam qariyalar uylarida yashovchilar emlanganidan keyin o‘zgarish-o‘zgarmasligi ustidan kuzatuv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliyada shifokor Soniya Asevedo Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng to‘satdan vafot etgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан