Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nos va sigaret chekadiganlarda koronavirus qanday kechadi?
21.08.2020 16:35,  
1175

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva muhim savollarga javob qaytardi:

Savol: Koronavirus qon aylanishi tizimini shikastlashi va qon quyulishini haqida ko‘p aytilmoqda. Surunkali kasalligi borlar uzoq yillardan beri «Aspirin» dorisini qabul qilishadi. Hozirda shifokorlar uni yanada ko‘proq qabul qilish kerakligini aytishmoqda. Biroq aspirin ko‘plab qarshi ko‘rsatmalarga ega, uni uzoq vaqt qabul qilish oshqozon yarasini keltirib chiqaradi. Bunday vaziyatlarda nima qilish kerak?

Javob: Juda dolzarb savol. Koronavirus infeksiyasi qon aylanishi tizimiga turli ta’sirga ega. Eng asosiysi — qon quyulishi hisoblanadi. 

Afsuski shifokorlarimiz bemorning to‘liq holati va mavjud patologiyalarini hisobga olmay, uzoq vaqt qabul qilishga «Aspirin» dorisini tayinlashadi.

Har qanday dori vositasini tayinlashdan avval qon tahlilini o‘tkazish va ushbu guruhdagi preparatlarni tayinlash qanchalik zarurligini aniqlash zarur.

Agar tahlil natijalariga ko‘ra, shifokor ushbu guruhdagi dori vositalarini tayinlagan bo‘lsa, Siz shifokor nazoratida bo‘lishingiz kerak. Agar biror qarshi ko‘rsatmalar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz va dori vositasini bekor qilish yoki boshqasiga almashtirishni kelishishingiz mumkin.

Savol: Sigaretga o‘xshash chekuvchi vositalar yoki nos chekadigan insonlarda koronavirus qanday kechadi? 

Javob: Sigaret va nos, umuman har qanday chekuvchi vositalar organizmda turli xil o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.

Surunkali chekish oqibatida turli xil o‘pka, oshqozon ichak tizimi, asab tizmi kasalliklari va og‘iz bo‘shlig‘i o‘smalari paydo bo‘lishi JSST tomonidan ham tasdiqlangan.

Shu bois, koronavirus kasalligini kechuvini bunday holatlar og‘irlashtirishi tabiiy. Kasallikni yengil kechishi uchun bunday odatlardan voz kechsangiz, o‘z salomatligingizni yanada himoya qilgan bo‘lasiz.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан