Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Noxolis axborot tarqalishida OAV aybdor emas» — AOKA direktori Asadjon Xo‘jayev
3.12.2020 18:42,  
265

AOKA direktori Asadjon Xo‘jayev Xalqaro press-klubda 3 dekabr kuni o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzusidagi davra suhbatida OAVlari faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Hozirgi zamonda axborotni berkitib bo‘lmaydi. Chunki zamonaviy texnologiyalar shuni ko‘rsatyaptiki, axborotni bir joyda berkitgan bilan u baribir chiqadi. Hozir axborot erkin aylanyapti va bu so‘z erkinligi bilan bog‘liq.O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyasi rivojlanishi natijasida shaxs so‘z erkinligi, haq-huquqlarini talab qilish imkoniga ega bo‘ldi. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini bildirishyapti. Albatta, u yerda turli fikrlar yuradi, ular orasida tanqidiylari ham bor. Va bu tanqidiy fikrlarni davlat boshqaruvi organlari eshitishi kerak. O‘zlarining faoliyatini shu berilgan so‘zlar orqali tahlil qilib, qanaqa muammolar borligi, bu muammolarni qanday qilib yechish, ular tizimlimi yoki ayni bir shaxs yoki voqeaga tegishlimi, bularning barchasini davlat boshqaruvi organlari tahlil qilishi kerak. Muloqotga o‘rganishi kerak», — degan u.

Asad Xo‘jayev, shuningdek, OAVlarda juda ko‘p tanqidiy materiallar chiqishini ham ta’kidladi.

«Shu orqali bizning davlat boshqaruvi organlari yangi reallikda, yangi O‘zbekistonda faoliyatini boshlayapti. Davlatimiz rahbari ‘Matbuot bu kimgadir achchiq gapirsa, yoqadi yoki yoqmaydi. Bu yo‘nalishdan biz qaytmaymiz’, deb aytdi. O‘tgan yili bajarilgan katta ishlardan biri — matbuot xizmatlari tashkil etilgani bo‘ldi. Hozirda 1000 dan ziyod matbuot kotiblari faoliyatini amalga oshiryapti. Lekin ular qay darajada ishlayapti, malakasi va tezkorligi, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni davlat boshqaruvi organlariga qay darajada yetkaza olyapti — shularga e’tibor qaratishimiz kerak.

Pandemiya sharoitida biz ko‘rdik: aholimizga tezkorlik bilan davlat boshqaruvi organlari qabul qilayotgan turli qarorlarni yetkazib berishda ehtiyoj sezyapmiz. Axborot vaqtida yetib bormasa, bu turli noxolis axborotlar tarqalishiga sabab bo‘ladi. Biz ba’zida OAV vakillari va blogerlar bunda aybdor degan gaplarni eshitamiz, yo‘q, bu yerda davlat boshqaruvi organlari jurnalistlar bilan muloqotga tayyor emas.Agar davlat organlari tezkorlik bilan javob qaytarsa, asossiz ma’lumotlar, fikrlar bildirilishiga o‘rin qolmaydi. Shuning uchun biz doimiy ravishda davlat organlari ochiqligini ta’minlash borasida muloqotni kuchaytirishimiz kerak deb bilamiz», — degan AOKA rahbari.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz», «Daryo.uz», «Podrobno.uz» koronavirus statistikasiga shubha bildirgani va o‘z materiallarini rasmiy idoralar bilan bog‘lanib, aniqlik kiritmagani sabab, «Kun.uz» esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining gaz va elektr ta’minoti muammosiga oid izohlarini e’lon qilgani uchun ogohlantirish olgandi. AOKA ular qonunchilik talablariga mos kelmaydigan axborot tarqatgan deb aytgan.

Shundan so‘ng BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va qator xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchilarida mamlakatdagi mustaqil onlayn-OAVga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga kelgan ogohlantirish xatlariga munosabat bildirib, agentlikning bu kabi xatti-harakatini tanqid qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан