Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Nu, pogodi!” multfilmi yangi talqinda namoyish etiladi — unda 3 ta yangi qahramon bor
18.06.2020 23:37,  
411

“Senimi, shoshmay tur!” (Nu, pogodi!) multiplikatsion seriali yangi talqinda suratga olinadi. Unda uchta yangi qahramonlar — Kiyik Ulya, Bo‘rsiq Tim hamda Kirpi Shu qo‘shiladi. 

“Senimi, shoshmay tur!”ning 3D formatini tayyorlashda doimiy tanish qahramonlar bilan birga zamonaviy bolalar va ularning ota-onalari ishonchiga kira oladigan yangi personajlarni topishga harakat qildik”, - deydi multserialni sur’atga olayotgan «Soyuzmultfilm» studiyasi bosh direktori Yuliya Osetinskaya.

Yangi serial bolalar o‘sib-ulg‘ayayotganida ularga "ijobiy na’muna" kerak bo‘ladigan 6-8 yoshli bolalarga mo‘ljallab olinmoqda, deya qo‘shimcha qiladi Osetinskaya.

"Tim, Shu va Ulya bir-biriga mos keladi, ular o‘ziga ishongan, do‘stona va har doim yordam berishga tayyor. Ishonchim komilki, tomoshabinlar yangi qahramonlarni yaxshi ko‘rishadi. Biz ularga haqiqatan ham yoqamiz ”, - deydi bosh direkor.

Eski multserialning yangi talqini «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan sur’atga olinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан