Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nukus shahri: Ko‘chada zo‘ravonlik, PPX xodimi esa "tomoshabin"
9.01.2022 17:44,  
598

Saytimizga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra: 2022 yil 9 yanvar kuni soat taxminan 01:30 lar atrofida A.Dosnazarov ko‘chasidagi 37-dom ro‘parasida janjal yuz berdi.

Unda bitta shaxs shisha buyumni sindirib, qizni urdi. Va o‘sha joyga PPX xodimi T.A shoshilmasdan kelib, voqeani kuzatib turdi. PPX xodimi oldida qizga zo‘rlik qilishiga qaramasdan, xodim hech qanday munosabat bildirmadi. Qiz norozi bo‘lishiga qaramay, qizni mashinada olib ketishdi. Ayni holatda ham, PPX xodimi hech qanday xatti-harakat qilmadi. O‘sha yerdagi turgan fuqaro bilan ancha vaqt davomida suhbat qurib turdi. 

Voqea joyidan ketib borayotgan vaqtda Kar24.uz sayti xodimlari Akmal Srajatdinov, Xurshid Adilov  PPX xodimidan voqea yuzasidan nega tegishli chora ko‘rmagani so‘ralganida:

«Men bu yerda bunday holatga guvoh bo‘lmadim, qizni urganini ko‘rmadim. Menga qiz hech qanday shikoyatim yo‘q dedi», deya javob qildi PPX xodimi T.A.

PPX xodimi xatti-harakati yuzasidan e’tiroz bildirish uchun PPX otryad boshlig‘i E.B bilan bog‘langanimizda, voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilishini aytdi. Biroz muddat o‘tkandan keyin biz yana bog‘langanimizda otryad boshlig‘i PPX xodimining yuqoridagi gaplarini qaytardi. 

Holat bo‘yicha qanday ish tutilishini so‘raganimizda, agarda kimdir shikoyat qilsa ish ko‘rib chiqilishini aytdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, PPX xodimining o‘z ishiga loqayd yondashishi, bir inson hayotini so‘roq ostida qoldirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан