14 may, payshanba kunga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tezkor tadbirlari natijasida shahardagi xonadonlardan birida qimor o‘ynayotgan 19 kishi qo‘lga olindi.
Tadbir davomida qimor o‘yini davrasida tikilgan umumiy qiymati 42 million 225 ming so‘m pul, 3750 AQSh dollari, 8 dona o‘yin kartasi hamda sigareta qutisidagi kulrang modda daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi. Kimyoviy ekspertiza natijasida sigareta qutisidagi kulrang modda «gashish» giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
"Mazkur holat yuzasidan qimorbozlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.