Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nukusda ijarada yashovchi 18 yoshli talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi
25.11.2021 14:46,  
90

Nukusdagi ko‘pqavatli uylarning birida talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida ijarada yashovchi yigit R.R. xonadonda o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ayni paytda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, marhum yigit 18 yoshda bo‘lib, Nukus Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakulteti 2-kurs talabasi bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshirishda aniqlanishicha, hodisa sodir bo‘lgan xonadonda R.R.dan tashqari yana 6 kishi bo‘lgan. Marhum R.R. oshxonada uxlab, qolgan 6 kishi boshqa xonalarda bo‘lgan. Shu sababli R.R.dan tashqari ulardan hech biri is gazidan zaharlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан