Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nukusda ikki bola muz ostiga tushib ketdi
30.12.2021 21:51,  
289

Kecha, 29 dekabr kuni soat 16:45 da Nukus shahri yaqinida joylashgan “Qosko‘l” ko‘li o‘rtasida ikkita voyaga yetmagan bola muz ostiga qolib ketdi. Bu haqda guvohlar Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga xabar bergach, ular qutqarildi.

Ma’lum qilinishicha, tashvishli xabarni qabul qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari bolalarni qutqarish uchun voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘l o‘rtasida ikki nafar o‘yinqaroq do‘st muz ustida o‘ynayotgan vaqtida muz yorilib, do‘stlar suvga tushib ketgan. Sovuq suvda o‘zlarini yo‘qotmagan bolakaylar muzlagan suvdan chiqib olib, ko‘l o‘rtasidagi orolchada qolib ketishgan. Muz yorilganligi tufayli bolalarning ortga qaytish imkoni bo‘lmagan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida orolchada qolib ketgan bolalar qirg‘oqqa olib o‘tilib, voqea joyida ularga birinchi tibbiy yordam berilgan va malakaviy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda ikki do‘stning ahvoli yaxshi,  ular ota-onasi bag‘rida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан