Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nur-Sulton va Olma-ota shaharlari karantinga yopildi (video, foto)
19.03.2020 12:08,  
1003

Qozog‘istonning ikki megapolisida karantin joriy etildi, deb xabar beradi «Xabar 24».

Infeksiya butun mamlakat bo‘ylab tarqalmasligi uchun Nur-Sulton va Olma-ota hududlariga kirish va chiqish cheklangan. Shaharlar chegarasida yo‘l to‘siqlari o‘rnatilib, harbiy texnika jalb qilingan. Barcha shaharlarga kirish politsiya, harbiylar va shifokorlar tomonidan nazorat qilinmoqda. 

Tekshirish punktlarida teplovizorlar o‘rnatiladi. Isitma bilan og‘rigan yo‘lovchilar kelgan joylariga jo‘natiladi va ularning ma’lumotlari mahalliy mutaxassislarga yetkaziladi. 

22 martga qadar Olma-ota aholisi shaharga qaytish imkoniyatiga ega. Olma-ota birinchi marta karantinga yopilmoqda. Nur-Sulton shahri esa karantin rejimida ishni boshladi.

Politsiya xodimlari xalqdan 22 martga qadar Olma-ota shahri tashqarisida yoki shaharda bo‘lishga qat’iy qaror qilishlarini so‘ramoqda. Boshqa shaharlarda yashovchilar va chet elliklarga ketish uchun vaqt beriladi. Olmaota 22 martda butunlay yopiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан