Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nur-Sultonda yuzni tanish tizimi orqali yo‘l haqini to‘lash mumkin bo‘ladi
15.10.2019 20:55,  
110

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda jamoat transportida yo‘l haqini yuzni tanish tizimi orqali to‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Tengrinews.kz nashrining xabar berishicha, ushbu tizimni Ipay kompaniyasi ishlab chiqqan.

“Bu biometriya, ya’ni yuz rasmi orqali to‘lov demakdir. Biz Telegramda ochgan bot orqali soliq to‘lovchi raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz, selfi tushishingiz, avtobus kartochkangizni qo‘shishingiz va tizimga ulanishingiz mumkin. Shundan so‘ng ma’lumotlaringizning ishlatilishiga ruxsat berasiz. Telefoningiz yoki to‘lov kartochkangiz bo‘lmaganida ham avtobusda bilet olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, – dedi kompaniya rahbari Almas Aymenov.

To‘lovning bunday usulidan foydalanmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi kameraga qarasa kifoya, monitorda uning rasmi paydo bo‘ladi va hisobidan yo‘l haqi yechib olinadi.

Face Pay nomi berilgan mazkur tizimni qozog‘istonlik mutaxassislar ishlab chiqqan. Tizim joriy haftada ikki yo‘nalishda sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан