Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nurafshonda hokimiyat xodimi ishxonada ichki kiyimda yurgani aks etgan video tarqaldi. Xodim ishdan ketgani, videoni esa qorovul qasddan tarqatgani ma’lum qilindi
29.08.2021 17:41,  
105

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligi binosida yuz bergan holat bo‘yicha tarqalgan videolavhalar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda hokimlik binosi tunda «tungi klub»ga aylanishi — kunora maishat, ichkilikbozlik, ayrim xodimlar xizmat xonalarida tunab qolishi aytilgan.

Holat bo‘yicha Nurafshon shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, haqiqatdan ham ushbu holat Nurafshon shahar hokimligi binosida sodir bo‘lgan bo‘lib, aniqlik kiritilganida ushbu xodim shahar hokimligi xodimi I.Z. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur xodimning sog‘ligida muammo (isitma, behollik, kuchli yo‘tal, bosh aylanishi) bo‘lganligi uchun 19 iyul kuni Nurafshon shahar Davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga koronavirus test sinovini topshirgan va 20 iyul kuni test javobi musbat chiqganligi aniqlangan. I.Z shifokorga murojaat qilib, shifokor yo‘llanmasiga asosan MRT tekshiruvidan o‘tgan va o‘pkaning 17 foiz yallig‘lanishi tashhisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng xodim boshqalarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmaslik maqsadida uy sharoitida davolanish maqsadida masofadan ishlash tizimiga o‘tgan.

Shahar hokimligida ish hajmining ortib ketishi hisobiga avgust oyining dastlabki haftasidan xodim boshqalarga xavf tug‘dirmaslik maqsadida hokimlik xodimlari ishdan ketgan vaqtlarda kelib o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarib kelgan va bu haqida shahar hokimini ogohlantirgan. Joriy yilning 6 avgust tungi soat 20.00 dan 23.00 ga qadar ishini davom ettirganligi va kechki ovqat uchun uyiga borgan va 23.50 da hokimiyat binosiga uyidan taom bilan kirib kelgan. Xonasiga kirib, kechki taomni iste’mol qilib ishini 7 avgust tongi soat 4.00 ga qadar davom ettirgan. Tonggi soat 4.00 da lohas bo‘lib ko‘ngli aynishi hamda isitma ko‘tarilishi boshlangan. Taxminan soat 4.13 larda ko‘ngil aynishi va shoshilib binoning hojatxonasi tomonga yo‘l olgan va bino chiroqlarini o‘chirgan zahoti 3 metrlar yurib qayt qilgan va hojatxonaga borib yuz qo‘llarni yuvib xonasiga qaytib kelgan.

Mazkur holatda xodim tomonidan hech qanday spirtli ichimliklar iste’mol qilinmagan. Buni o‘sha kuni hokimlik binosida navbatchilik qilgan qorovul I.Abdusodikov hamda hokimlik farroshi F.Ermatova ham tasdiqlagan.

Videolavhaning tarqalishi masalasiga ham oydinlik kiritilganida, shahar hokimligi xodimi I.Z. tomonidan shahar hokimligi qorovullaridan biriga nisbatan xizmat vazifasi tartibini buzganligi uchun chora ko‘rish yuzasidan shahar hokimi nomiga bildirgi kiritganligi sababli qasd olish maqsadida videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganligi ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlash joizki ushbu videotasvirlarni kuzatish va oldingi yozuvlarni ochish huquqi faqatgina qorovullarga berilgan. Mazkur masala yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shahar hokimligi tomonidan bu masalada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

«Albatta, hokimlik binosi davlat idorasi binosi va bu o‘rinda xodimning har qanday vaqtda bo‘lishidan qat’iy nazar ochiq holatda (tungi kiyimlarda) yurishi etika va odob qoidalariga mos kelmaydi. Bu borada shahar hokimi M.Saliyev boshchiligida shahar hokimligi xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Videolavhadagi xodim I.Z. bo‘lib o‘tgan voqealardagi o‘z xatosini anglagan holda o‘z arizasiga muvofiq 2021 yil 28 avgust sanasidan lavozimidan ozod etildi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан