Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nurmat Atabekov Koronavirusni qachon yengib o‘tishimizni ma’lum qildi.
27.12.2020 19:08,  
1661

Mamlakatimizdagi pandemik vaziyat bilan bogʻliq soʻnggi yangiliklarga oid SSV Matbuot xizmati savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov javob berdi

—  Bir tomonda koronavirusga vaksinatsiya jarayonlari boshlanishi arafasida turgan boʻlsak, bir tomonda virusning yangi shtammi haqida gaplar quloqqa chalinadi. Vaksina yangi shtammlarga ham davo boʻladimi?

— Albatta, koronavirusga qarshi vaksinalarning yaratilishi qanchadan qancha odamlarni ushbu kasallikka chalinishdan saqlab qolish imkoniyatini beradi. Hozir dunyo hamjamiyati pandemiyani boshidan kechirmoqda, shunday ekan birinchi galdagi vazifa bu aynan pandemiyani jilovlash, kerak boʻlsa virusning u yoki bu davlatdagi eliminatsiyasiga erishish hisoblanadi. 

Fikrimcha, agar aholining 70 foizida immunitetni shakllantira olsak (emlash orqali yoki kasallanish oqibatida) demak biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak biz uni yengamiz. Statistik raqamlarga eʼtibor bersak, bugunga kelib, yer kurrasi aholisining yuzdan biri koronavirusga chalindi, jami qayd etilgan holatlar soni 80 million nafardan oshdi, 1 million nafardan ortiq bemor vafot etdi. 

Fikrimcha, mutatsiyaga uchragan virusning paydo boʻlishi endilikda emlashning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaksinalarning aksariyati koronavirusning bogʻlovchi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlash tadbirlari amalga oshirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib oʻta oladigan darajada proteinlarini oʻzgartirishi uchun virus bir qator mutatsiyalardan oʻtishi shart boʻladi. 

Shu oʻrinda, aholimizga eslatib oʻtmoqchi boʻlgan narsam shuki, gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli vaksina har faslning boshida yangilanib turiladi va shu yoʻl bilan emlash samaradorligiga erishiladi.  Buning uchun koronavirusga qarshi vaksinalarni ham kelgusida yangilash kerak boʻlishi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan maʼlumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz keyinchalik aholini unchalik qimmat boʻlmagan va sifatli vaksina bilan muntazam taʼminlash imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан