Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nurmat Atabekov: O‘zbekistonda “omikron” aniqlangani yo‘q, biroq xotirjamlikka berilish ham yaramaydi
8.01.2022 18:16,  
47

Dunyo bo‘ylab koronavirusning “omikron” shtammi tez sur’atda tarqalmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mutatsiya allaqachon jahonning 126 ta mamlakatida qayd etilgan. Ayniqsa, kuni kecha Qozog‘istonda ushbu shtammni yuqtirgan ilk bemorlar ro‘yxatga olingani xavotirli holdir.

Albatta, istaymizmi-yo‘qmi, "omikron"ning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas. Xo‘sh, agar shunday holat kuzatilsa, mamlakatimiz tibbiyot tizimi bunga qanchalik tayyor?

SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat ATABEKOVning bu boradagi fikr va xulosalarini yozib oldi.

— Darhaqiqat, so‘nggi kunlarda dunyo bo‘ylab ushbu mutatsiyaning tarqalish geografiyasi shiddat bilan kengayib bormoqda, — deydi N.ATABEKOV. — Shuni inobatga olsak, yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas. Biroq bu holatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yolg‘on va asossiz axborot tarqatish, aholi orasida ortiqcha vahima ko‘tarish, o‘ylaymanki, hech bir mezonga to‘g‘ri kelmaydi.

Bilamizki, shu paytgacha, yurtimizda koronavirusning bir necha turi qayd etilgan va kasallanish ko‘rsatkichlari yilning ma’lum davrida ko‘tarilib, qaysidir paytda pasayib borgan.

Aytish lozimki, o‘tgan davr ichida mamlakatimizda virusning tarqalish tendensiyasini pasaytirish, emlash tadbirlarini tashkil etish, bemorlarni davolash bo‘yicha tibbiyot xodimlarimiz katta tajriba to‘pladi.

Shu ma’noda, “omikron”dan sog‘ayish muddati qisqa va kasallanganlarda shifoxonalarga yotish ehtimoli past ekanligini inobatga olsak, O‘zbekiston virusning ko‘tarilish xavfiga tayyor, deyishga asoslarimiz yetarli. Negaki, davlatimiz rahbari boshchiligida hamda Respublika maxsus komissiyasining bevosita kuzatuvida yurtimizda koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.

Biroq ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi. Sababi “omikron” boshqa shtammlarga qaraganda anchagina yuqumli va qisqa muddatda aholining katta qismini zararlashi mumkin. Shu bois ayni paytda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish, emlash tadbirlarida faol ishtirok etish har qachongidan-da muhim.

Qolaversa, mamlakatimizda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘tarilgan avvalgi paytlarda yaxshi samara bergan amaliyotni davom ettirish, ya’ni oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar orqali “COVID-box” (aptechka) tarqatish, xastalik yengil kechayotgan bemorlarni ambulator sharoitda davolash maqsadga muvofiq. Bu, o‘z navbatida, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga ortiqcha yuklamalar tushishining ham oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabr oyida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va cheklovlar joriy etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан