Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






NYT Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi vositachi nomini ma’lum qildi
2.07.2020 11:55,  
704

Rossiya va Tolibon harakati o‘rtasida turgan asosiy vositachi ilgari narkotik moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan Rahmat Aziziy ekanligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi The New York Times (NYT) nashri o‘z manbalariga tayanib. Afg‘onistonda u bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan biznesmenlar qidiruvga berildi. Avvalroq gazeta Rossiya Afg‘onistondagi Amerika harbiylarini o‘ldirish uchun pul to‘lagani haqida bir qancha materiallar chiqargan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Aziziy yoshligidan kichik partiyadagi narkotik moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan. Biroq ishlari u qadar muvaffaqiyatli chiqmagan. Shundan so‘ng, Afg‘onistonda u AQSh boshchiligidagi koalitsiya loyihalarini qurish bo‘yicha shartnomalarni qo‘lga kiritdi va keyinroq Rossiya uchun ishlay boshladi.

NYT xabarida aytilishicha, taxminan olti oy avval afg‘on razvedkasi Rossiya tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishbilarmonlarni Kobul va Qunduzda tekshira boshlagan. Tekshirishlar bo‘layotgani Qunduz viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Safiulla Amiriy tomonidan tasdiqlandi. "Amaliyotning maqsadi Rahmat, u Rossiyaga va ortga safar qilgan, u yerda ishlayotganini aytgan, ammo uning nima qilayotganini hech kim bilmagan", - dedi janob Amiriy.

Ammo tekshiruvlar vaqtida Aziziy qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya va Tolibon o‘rtasida uyushtirilgan fitna haqida NYT birinchi bo‘lib xabar bergan edi. Janob Tramp ushbu xabarni o‘ziga va Respublikachilar partiyasiga qarshi qaratilgan uydirma deb atadi. Pentagonning ta’kidlashicha, ular Rossiya va Tolibon o‘rtasida kelishuvga oid dalillar yo‘q. AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi "hoziroq" Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан