Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘qituvchilarni beton quyishga majburlagan mudir ishdan bo‘shatildi
8.07.2019 16:55,  
11

Namangan viloyati, Kosonsoy tuman markazida tashkil etilayotgan «Yashil xiyobon» hududida xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati o‘rganib chiqildi, deya xabar qildi XTV matbuot xizmati.

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmatining o‘rganishi natijasiga ko‘ra, 28 iyun kuni «Obod markaz» Davlat dasturi asosida har bir ta’lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

Topshiriqqa asosan, 29 iyun kuni tuman xalq ta’limi tizimining 80 nafar texnik ishchi xodim yangi barpo etilayotgan «Yashil xiyobon» hududida «shanbalik» niqobi ostida eni 1,5−2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etildi. M.Alloxonova Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi.

Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 80 nafar ishchi xodimi majburiy mehnatga jalb etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Bosh prokurori nomiga joriy yilning 4 iyul kuni xat yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 14 avgustidagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risi"gi qarori hamda 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta’limi boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmoniga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishchi-xodimlarini faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga, ya’ni obodonlashtirish, dala ishlari, paxta yig‘im-terimi, majlislarda qatnashish, obuna, uyma-uy yurish va boshqa tadbirlarga jalb etilmaslik vazifalari yuklatilgan.

Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан