Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zatom abturiyentlar uchun muhim xabar e’lon qildi
28.05.2019 12:36,  
15

“O‘zatom” agentligi “Moskva injenerlik-fizika instituti” (MIFI) shu yili yozda Toshkentda ochilishi kutilayotgan filialiga birinchi abituriyentlardan hujjatlar  qabul qilish sanasini e’lon qildi, deb xabar berdi muassasa matbuot xizmati.

Bakalavriatga qabul quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi;
  • Yadro fizikasi va texnologiyalari;
  • Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
  • Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Qabul komissiyasi ishini 17 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining “Fizika fakulteti” binosida boshlaydi. Hujjatlar 2 iyulga qadar qabul qilinadi.

Imtihonlar 3 iyuldan 9 iyulga qadar fizika, matematika va rus tili bo‘yicha o‘tkaziladi. Imtihonlar rossiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Javoblar 12 iyul kuni e’lon qilinadi.

Eng yuqori bal to‘plagan 100 nafar talaba davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Ta’lim jarayoni Rossiya standartlariga asosan olib boriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda amal qiladigan, Rossiya namunasidagi diplomlar beriladi. Barcha bitiruvchilar “O‘zatom” agentligi tomonidan ish bilan ta’minlanadi”, - deyilgan xabarda.

Yanada batafsilroq, ma’lumot olish uchun abituriyentlar MIFIning O‘zbekistondagi filiali saytigga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Moskva muhandislik-fizika instituti filiali Mirzo Ulug‘bek posyolkasida, Xuroson 1 ko‘chasida joylashgan. Filial 11ta eng zamonaviy laboratoriyalar, yotoqxona, sport majmuasi  hamda biblioteka bilan jihozlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан