Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zatom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
8.07.2019 12:14,  
16

Yakshanba 7 iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, «O‘zatom» agentligi va Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari Forish tumaniga tashrif buyurib, tuman faollari ishtirokida AES qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish borasida ilk marotaba xalq bilan muloqotni amalga oshirdilar.

Suhbat davomida O‘zatom mutaxassislari O‘zbekistonda qurilayotgan AESning xavfsizlik darajasiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Mutaxassislar Chernobil yoki Fukusimadagi AES fojealari O‘zbekistonda takrorlanmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari ko‘rilgani haqida batafsil aytib berishdi.

Xususan, O‘zbekistonda qurilayotgan AES 3++ - ya’ni yangi avlod stansiyasi bo‘lib, unda boshidan 21 ta bir-birini himoyalovchi xavfsizlik tizimlarii mujassam etilganini va ushbu xavfsizlik tizimlari hatto insonning AES faoliyatiga noto‘g‘ri aralashishini cheklash imkoni ega ekanligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, internetda “Chernobil” nomli  badiiy film namoyish qilinganidan so‘ng, AES qurilishi o‘zbekistonliklar tomonidan ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan edi. Ayrim blogerlar tomonidan AES qurilishi O‘zbekistonda ham ikkinchi Chernobil hodisasini vujudga keltirishi mumkinmi degan xavotirlar bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан