Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zatom" agentligi Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi
5.02.2019 14:10,  
28

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib qayta tashkil etildi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkazildi. Bu Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilib , vazirlik tuzilmasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Vazirlikning asosiy vazifasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

Hujjatga muvofiq, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tugatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан