Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zavtosanoat” AJ mahsulotlarini Turkmanistonda taqdim etdi
12.08.2019 11:39,  
65

Turkmanistonda Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasidagi “Turkman sahrosi 2019” avtomobilsozlik sohasidagi innovatsion texnologiyalar va yutuqlar xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zavtosanoat” AJ mahsulotlari taqdim etildi.

UzAuto ekspozitsiyalarida turli kompaniyalar mahsulotlarining keng nomenklaturasi taqdim etildi. UzAuto Motors, JV MAN Auto-Uzbekistan, UzAutoTRAILER va Samarqand avtomobil zavodi kompaniyalari model qatorlari bilan birga, ko‘rgazmada Toshkentdagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari va talabalarining innonvatsion ishlanmalari ham namoyish qilindi. Jumladan, laboratoriya o‘rnatilgan elektrobus, vodorodda va bioyoqilg‘ida yuruvchi avtomobil, shuningdek, zamonaviy robotlar taqdim etildi.

Qayd etilishicha, har yil bu kabi ko‘rgazmalar ko‘p sonli avtomobilsozlik, jihozlar ishlab chiqarish mutaxassislarini jalb qiladi va amaliy muloqot, yangi tanishlar orttirish va sermahsul muzokaralar o‘tkazish uchun maydon bo‘ladi.

Xabarda UzAuto kompaniyalar guruhining qatnashishi – bu eng yangi yutuqlarni namoyish etish va nafaqat Turkmaniston, balki xorijiy bozorlarda ham o‘zini ko‘rsatishning noyob imkoniyati ekanligi qo‘shimcha qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан