Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zavtosanoat» aktivlari auksionda sotuvga qo‘yiladi
19.07.2019 16:05,  
11

«O‘zavtosanoat»ning bir nechta kompaniyalari birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO)ga qo‘yiladi. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarorida keltirilgan.

Qarorda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish topshirilgan.

Shuningdek, tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etilish vazifasi berilgan.

Yangi loyihalarni ishga tushirilish uchun xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamg‘armalari hisobidan kamida 700 million dollar mablag‘ jalb etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан