Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zavtosanoat» hodimi 10 000 AQSh dollarlik avtomobillarni «arzon» deya ta’rifladi
8.06.2019 00:05,  
18

Avval xabar berilganidek, bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekistonda yaqin 5 yillikda narxi 10 000 AQSh dollariga teng «arzon» avtomobillar, keyin esa 15 000 dollarlik krossoverlar ishlab chiqarilishini bildirdi.

2030 yilga qadar mo‘ljallangan O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirish Konsepsiyasida 2 ta tendensiya hisobga olingan: birinchi 5 yillikda narxi 10 ming dollar atrofida bo‘lgan arzon avtomobillar ishlab chiqarilishiga e’tibor qaratiladi, chunki shu toifa transport vositalariga talab yuqori bo‘ladi. Kelgusida O‘zbekistonda narxi 15 ming dollar atrofida bo‘lgan krossoverning kichikroq modellarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratiladi.

Muloqot davomida premium segmentda Chevrolet Equinox krossoveri, Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamas va Chevrolet Traverse oilaviy krossoveri ishlab chiqarilishi joriy yilning oxirigacha boshlashni rejalashtirilayotgani bildirildi.

“O‘zavtosanoat” mutasaddilarining aytishicha, premium segment mamlakatimizda katta talabga ega emas, hatto avtokonsern umumiy hajmining 10 foizini ham tashkil etmaydi, chunki hammaning ham bunday avtomobil sotib olishga qurbi yetmaydi.

«Shu yilning oxirida, ehtimol dekabrda yoki keyingi yilning boshida 3 ta yangi model ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, — dedi Rustam Qodirov. — Ularning hajmi kam bo‘ladi. Biz talabdan kelib chiqib, ish tutamiz. Sotib olinmaydigan minglab Trailblazer ishlab chiqarishning nima keragi bor? Bozorga qancha mashina kerak bo‘lsa, shuncha chiqaramiz».

Uchrashuvda O‘zbekiston MDH davlatlari ichida Rossiyadan keyin ikkinchi eng katta bozor ekani qayd etildi. Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina esa O‘zbekistonning asosiy eksport bozorlari sifatida tilga olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан