Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zavtosanoat” uchta dilerlik korxonalari ulushini sotuvga qo‘ydi
27.11.2018 17:54,  
2

“O‘zavtosanoat” AJ uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlarni sotish uchun auksionga qo‘ydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. 

Auksionda sotuvga qo‘yilgan dilerlik korxonalar ro‘yxati quyidagicha: Sirdaryo viloyatidagi “Oqoltin Avtotexservis” MChJ, Jizzax viloyatidagi “Jizzax Avtotexxizmat” MChJ va Samarqand viloyatidagi “Samarqand Avtotexxizmat” MChJ.

“O‘zavtosanoat” AJ ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, dilerlik korxonalari o‘rtasida raqobatni oshirish, jumladan to‘liq xususiy dilerlik korxonalari sonini oshirish yo‘li bilan bosqichli ishlarni amalga oshirish maqsadida shunday qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Savdo 2018 yilning 26 dekabrida bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан