Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek ayollari qachon Markaziy Bank raisi bo‘lishi mumkin - Kristin Lagard javobi
17.05.2019 15:11,  
12

O‘zbekistonlik ayollar ham MB raisi lavozimini egallashlari mumkin, faqat buning uchun ulardan o‘ziga bo‘lgan ishonch va harakat talab etiladi, dedi bugun Markaziy bankda talabalar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard.

Lagarddan bunday global tashkilotga rahbarlik qilish qiyin emasmi, O‘zbekiston Markaziy banki raisi bo‘lishni xohlovchi ayollardan nima talab etiladi, deya so‘rashdi.

"Barcha yutuqlar zamirida tinimsiz, mashaqqatli mehnat yotadi. Ayniqsa, gap ayollar haqida borsa. Biz, ayollar, qo‘limizdan keladigan ishlarni ko‘rsatish uchun hammadan ko‘p tirishqoqlik ko‘rsatishimiz, o‘z kuchimizni har doim isbotlashimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni har doim o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz sari intilishimiz, dadil olg‘a qadam tashlashimiz, hech qachon ortga chekinmasligimiz va hech qachon agressiv (jahldor) bo‘lmasligimiz kerak. Negaki, biz erkaklar va ayollar bilan birgalikda bitta jamoada ishlashimiz kerak bo‘ladi. Agarda sizda o‘zingizga nisbatan ishonch bo‘lsa va harakatchan bo‘lsangiz, siz hech kimga tahdid bo‘lmaysiz. Siz kuch, ijobiy kuch bo‘lasiz, va o‘ylaymanki, hozirda bu yerda o‘tirganlarning ayrimlari albatta, qachondir MB raisi bo‘ladi", - dedi Lagard.

U shuningdek, ishning baxtli bo‘lishdagi ahamiyati haqida ham qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish tashkilotga integrallashishga, professional jamiyatning bir bo‘lagiga aylanishga yordam beradi. Va shu ma’noda, Lagard fikricha, ish baxtli bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Butunjahon banki tomonidan o‘tkazilgan "Ayollar, biznes va qonun - 2019" tadqiqoti natijalariga ko‘ra, gender tenglikka erishgan mamlakatlar reytingida 70.6 ball olgan. Gvatemala va Kongoning ko‘rsatkichi ham taxminan shunchani tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан